Putin saraton kasalligiga chalingan, u tez orada vafot etadi – Ukraina razvedkasi
Olam
−
05 yanvar 2023
16554Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov urush Rossiya Prezidenti Vladimir Putin vafot etishidan oldin tugashini taxmin qildi. U bu haqda “ABC News” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uzoq vaqtdan beri saraton kasaliga chalingan.
"Biz buni Rossiya Federatsiyasi diktatoriga yaqin manbalardan bilganmiz", deydi u.
Uning qayd etishicha, urush Putinning o‘limidan oldin tugashiga amin.
Jurnalistning Putin qachon vafot etishi mumkinligi haqidagi savoliga Budanov:
"Umid qilamanki, juda tez orada”, deya javob bergan.
Avvalroq “Express” nashri Putinni Parkinson kasalligiga chalingani haqida iddao bilan chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, G‘arb ommaviy axborot vositalari Vladimir Putin va Rossiyadagi amaldorlarning sog‘lig‘i yomonlashgani borasida yozib turadi. Biroq Rossiya tomoni bu xabarlarning yolg‘onligini aytib keladi. Misol uchun, joriy yilning noyabr oyi o‘rtalarida G‘arb matbuoti Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Indoneziyadagi shifoxonalardan biriga yotqizilgani haqida yozdi. Biroq bu xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
LiveBarchasi