Putin rus tiliga oid qonunni imzoladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin adabiy rus tili me’yorlariga rioya qilishni rag‘batlantirish va xorijiy so‘zlardan foydalanishni nazoratga olishga qaratilgan qonunni imzoladi. Tegishli hujjat kecha, 28 fevral kuni e’lon qilindi. 

Qayd etilishicha, hujjat bilan “Rossiya Federatsiyasining davlat tili to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritilgan. Yangi tashabbus rus tilining yagona ko‘p millatli davlatda Rossiya Federatsiyasining davlat tili sifatida birlashtiruvchi rolini ta’kidlaydi, Rossiya Federatsiyasining davlat tilidan foydalanish majburiy bo‘lgan sohalarni kengaytiradi va aniqlaydi. 

Qonunda rus tilining me’yorlarini davlat tili sifatida belgilovchi normativ lug‘atlar, grammatika va ma’lumotnomalar kabi tushunchalar kiritilgan. 

Adabiy til va o‘zlashtirish

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, rus tilini qonun bilan belgilangan barcha sohalarda davlat tili sifatida qo‘llashda zamonaviy rus adabiy tilining me’yorlariga, ya’ni standart lug‘atlarda, ma’lumotnomalarda va grammatikalarda qayd etilgan til vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish kerak. Ularning ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash tartibi, shuningdek, normativ lug‘atlarni tuzish va chop etish davriyligiga qo‘yiladigan talablar rus tili bo‘yicha hukumat komissiyasi tomonidan taklif etiladi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Qonun ilgari zamonaviy rus adabiy tili me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan so‘z va iboralarni, jumladan, behayo so‘zlarni qo‘llashni taqiqlagan edi. Istisno, avvalgidek, faqat rus tilida keng tarqalgan analoglari bo‘lmagan xorijiy so‘zlar bo‘ladi. Bunday so‘zlarning ro‘yxati normativ lug‘atlar va ma’lumotnomalarda mavjud bo‘ladi.

Qonunga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining barcha darajadagi hokimiyat organlari o‘rtasidagi munosabatlarda, shuningdek, barcha mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning Rossiya Federatsiyasi fuqarolari va chet elliklar bilan rasmiy yozishmalarida davlat tili sifatida rus tilining normalariga rioya qilish majburiydir.

Rossiya Federatsiyasining davlat tilini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash uchun davlat organlari lingvistik ekspertiza o‘tkazilishini yoki tayyorlanayotgan hujjatlar matnlarini me’yorlarga muvofiqlashtirish uchun tahrir qilinishini ta’minlashi kerak. Buning uchun zarur hollarda mutaxassislar jalb qilinadi va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. Ushbu qoida, barcha boshqa tartiblardan farqli o‘laroq, 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi, chunki tegishli platformalarni tayyorlash uchun vaqt kerak.

Qonun, shuningdek, hokimiyatga Rossiya Federatsiyasi fuqarolari uchun rus tilini o‘rganish uchun bepul foydalanish kafolatlarini ta’minlash, chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan Rossiya hududida va undan tashqarida uni o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, xorijdagi vatandoshlarga ularning istiqomat qilayotgan davlatlari hududlarida rus tilida axborot olish, tarqatish va ulardan foydalanishda yordam ko‘rsatish majburiyatini yuklaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin rus tili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing