Putin Rossiyaning qarzlarini to‘lashga doir muhim farmonni imzoladi

Olam

image

Rossiyaning yevroobligatsiyalar bo‘yicha majburiyatlari, agar to‘lovlar rublda amalga oshirilsa, qarz majburiyatlari bajarilgan deb hisoblanadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmonida so‘z boradi. Hujjat rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilingan.

Hujjat, xususan, chet el depozitariylari bilan ishlash, maxsus hisobvaraqlarni yuritish, ularga kiritilgan mablag‘larni indeksatsiya qilish va obligatsiyalar bo‘yicha kuponlar to‘lash tartibini belgilaydi.

Hujjatga ko‘ra, yevrobond majburiyatlari bo‘yicha to‘lov, rublning xorijiy valyutaga nisbatan o‘sha kuni amalda bo‘lgan kursi ekvivalentida to‘lansa, bajarilgan hisoblanadi.

Putin Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligiga 10 kun ichida yangi sxema bo‘yicha yevrobond majburiyatlariga to‘lash uchun banklarni aniqlash va masalaning texnik tomonini hal qilishni topshirdi.

Qayd etish kerakki, AQSH va Yevropa davlatlari o‘z banklariga Rossiyaning yevrobondlar bo‘yicha to‘lovlariga xizmat ko‘rsatishni taqiqlab qo‘ygan. Amerika hatto qarz uchun to‘lovlarni dollarda amalga oshirishni ham taqiqladi. Bu cheklovlar Rossiyani texnik defoltga uchrashiga sabab bo‘lishi kutilgandi. Ammo hozircha bunday bo‘lmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

771

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing