Putin rossiyaliklar va MDH davlatlari fuqarolarini G‘azo sektoridan evakuatsiya qildirmoqchi
Jamiyat
−
20 may 2021
10790Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya va MDH davlatlari fuqarolarini G‘azo sektoridan evakuatsiya qilish to‘g‘risida buyruq imzoladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Isroil davlati Qurolli Kuchlarining harbiy amaliyoti oqibatida G‘azo sektoridagi vaziyatning keskin yomonlashuvi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari va shunday istakni bildirgan MDHga a’zo davlatlarning fuqarolarini G‘azo sektoridan evakuatsiya qilish ta’minlansin”, deyiladi Prezidentning huquqiy axborot portalida e’lon qilingan buyrug‘ida.
Hujjat bugun, 20 may sanasida imzolangan va shu kundan boshlab kuchga kirdi.
Putin Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga Tashqi razvedka xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda G‘azo sektoridagi vaziyatning avj olishini hisobga olgan holda fuqarolarni evakuatsiya qilishning aniq muddati va formatini belgilashni buyurdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga TIV bilan kelishilgan holda evakuatsiya qilingan fuqarolarni Moskvaga etkazib berishni ta’minlash topshirildi.
Ma’lumot uchun, ikki hafta davomida Isroil va G‘azo sektori o‘rtasidagi chegarada vaziyat keskinligicha qolmoqda. G‘azo tomondan Isroil hududiga raketa hujumlari davom etmoqda. Isroil Mudofaa Kuchlari Xamasning sektordagi maqsadlariga qarshi katta zarbalar bilan javob qaytardi.
LiveBarchasi