Putin Rossiya yadroviy triadasi mashqlariga start berdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yadroviy triada: strategik aviatsiya, qit’alararo ballistik raketalar va suv osti raketa tashuvchilar ishtirokidagi mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Rossiya rahbari Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bilan birgalikda vaziyat markazidan ballistik raketalarning uchirilishini kuzatmoqda.

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu manevrlar reja asosida amalga oshirilmoqda. Ularda Havo-kosmik kuchlar, Janubiy harbiy okrug, strategik raketa qo‘shinlari, Shimoliy va Qora dengiz flotlari kuch va vositalari ishtirok etmoqda.

Strategik qo‘shinlarining mashg‘ulotlari avvalroq harbiy qo‘mondonlik va nazorat organlari, jangovar ekipajlar, harbiy kemalar ekipajlari va strategik raketa tashuvchilarning belgilangan vazifalarni bajarishga tayyorligini, shuningdek, strategik yadroviy va yadroviy bo‘lmagan qurollarning ishonchliligini sinash uchun rejalashtirilgandi.

Hozirda Rossiya qo‘shinlar va kuchlarni tezkor tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni davom ettirmoqda. Ularda deyarli barcha harbiy okruglar, flot va havo-desant kuchlari qatnashmoqda. Bundan tashqari, Belarus hududida Rossiya-Belarus “Ittifoqchilar qat’iyati-2022” qo‘shma mashqlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

507

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing