Putin Rossiya bilan asosiy hamkor davlatlarni sanadi

Olam

image

Rossiyaning asosiy hamkorlari Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlari hisoblanadi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Armiya-2022” forumida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda rus ommaviy axborot vositalari.

"Biz mamlakatimizning turli qit’alarda ko‘plab ittifoqchilari borligini juda qadrlaymiz – bular "gegemon" deb ataladigan davlatlar oldida egilmaydigan davlatlardir. Rossiya Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyo davlatlari bilan aloqalarini chin dildan qadrlaydi”, deydi Rossiya rahbari. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya “harbiy-texnikaviy hamkorlikni eng keng qamrovli rivojlantirish tarafdori” bo‘lib, bu “doimiy rivojlanayotgan ko‘p qutbli dunyo sharoitida” alohida ahamiyatga ega. 

Davlat rahbari o‘z nutqida Rossiya qurollari g‘arb texnikalaridan sezilarli darajada ustun ekanini ham urg‘uladi. 

“Istiqbolli Rossiya qurollarining ko‘plab modellari o‘zining xorijiy analoglaridan o‘nlab yillar oldinda bo‘lib, ko‘rsatkichlari bo‘yicha ulardan sezilarli darajada oshib ketadi”, deydi u. 

Putinning ta’kidlashicha, gap yuqori aniqlikdagi qurollar va robototexnika, yangi jismoniy prinsiplarga asoslangan jangovar tizimlar haqida bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

2879

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing