Putin rivojlanayotgan davlatlarga 300 ming tonna o‘g‘it va’da qildi
Olam
−
16 Sentabr 2022
6065Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi o‘zining 300 ming tonna o‘g‘itini rivojlanayotgan mamlakatlarga bepul yetkazib berishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u bugun, 16 sentyabr Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.
Belarus mustaqil nashrlarining sharhlashicha, urush boshlanganidan beri rossiyada “mahalliy o‘g‘it” shu darajada ko‘payganki shunchaki ko‘mishga joy qolmagan.
“Kecha men janob BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga Yevropa Ittifoqining dengiz portlarida 300 ming tonna Rossiya o‘g‘itlari to‘planganini ma’lum qildim. Biz ularni rivojlanayotgan mamlakatlarga tekinga berishga tayyormiz”, deydi Putin.
Avvalroq Rossiya rahbari Rossiya Yevropa davlatlari portlarida to‘planib qolgan kaliyli o‘g‘itlarini rivojlanayotgan mamlakatlarga tekin berishga tayyorligini aytgan edi.
9 sentyabr kuni Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan tezkor uchrashuvda Putin Rossiya Federatsiyasidan o‘g‘itlarni Yevropa davlatlari portlari orqali Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi bozorlariga yetkazib berishni taqiqlashni diskriminatsiya deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya o‘g‘itlarini faqat Yevropa Ittifoqi davlatlari sotib olishi mumkin va ularni Yevropa davlatlari portlari orqali, masalan, Osiyoga yetkazib berishning iloji yo‘q.
Bungacha BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarlo Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘itlari tashqi bozorlarga chiqishi kerakligini aytgan edi.
Temur Jumayev
LiveBarchasi