Putin Ramzan Qodirovning rafiqasini mukofotladi
Olam
−
15 noyabr 2022 7942 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ilk bor “Qahramon ona” faxriy unvoni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Mukofotlanganlar orasida Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning rafiqasi Medni Qodirova ham bor.
Mahalliy matbuotning yozishicha, mukofotlangan orasida 14 farzandni tarbiyalab kelayotgaan Medni Qodirova va Yamalo-Nenets avtonom okrugida 10 farzandni tarbiyalab kelayotgan Olga Dextyarenko bor.
Davlat rahbari 2022 yil 15 avgustda yangi oliy unvon – “Qahramon ona” unvonini joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Shunday qilib, SSSRda mavjud bo‘lgan an’ana qayta tiklandi.
Bu unvon 10 va undan ortiq bola tug‘gan va tarbiyalagan ayollarga beriladi.
"Qahramon ona" unvoni Sovet Ittifoqining eng yuqori darajasi bo‘lib, bolalar tug‘ilishi va tarbiyasidagi xizmatlari uchun ayollarga berilar edi. E’tiborlisi, bu unvon millionlab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi yillarida ta’sis etilgan. Frontlarda halok bo‘lgan erkaklarning aksariyati yoshlar va o‘rta yoshlilar edi. Mamlakat aholisi sezilarli darajada kamaydi. “Qahramon ona” unvoni va shu nomdagi ordenning kiritilishi mamlakatga o‘sha davrda yoshlar, kommunizm quruvchilarining yangi avlodi naqadar zarur ekanligini ko‘rsatdi.
"Qahramon ona" faxriy unvoni birinchi marta SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944 yil 27 oktyabrdagi Farmoni bilan berilgan. Mazkur Farmon bilan “Qahramon ona” unvoni bilan taqdirlangan o‘n to‘rt nafar ayol orasida 1-sonli “Qahramon ona” ordeni va SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1-sonli diplomi 12 bolani tarbiyalagan Moskva viloyati, Mamontovka qishlog‘idan rezident Aleksaxina Anna Savelevna taqdirlandi. Mukofot unga 1944 yil 1 noyabrda Kremlda topshirilgan.
SSSR tarixida oxirgi marta "Qahramon ona" unvonini berish SSSR Prezidentining 1991 yil 14 noyabrdagi farmoniga muvofiq amalga oshirildi.
1995 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 431 mingga yaqin ayol “Qahramon ona” ordeni bilan taqdirlangan.