Putin Raisiyga hamdardlik bildirdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyga Sherozdagi terakt oqibatlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Hamdardlik maktubi matni bugun, 27  oktyabr kuni Kreml saytida chop etildi. 

"Iltimos, Sherozda sodir etilgan terrorchilik harakatining fojiali oqibatlari munosabati bilan samimiy hamdardligimni qabul qiling. Diniy ziyoratgoh devorlari ichida tinch aholi, jumladan, bolalar va ayollarning o‘ldirilishidan ko‘ra behayoroq jinoyatni tasavvur qilish qiyin. Terrorizm nafaqat qonunlar, balki insoniy axloq normalarini ham buzayotganiga yana bir bor guvoh bo‘ldik”, deyiladi telegrammada. 

Rossiya davlati rahbari, shuningdek, Moskva Tehron bilan terrorizmga qarshi kurash yo‘nalishida hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlagan. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini yetkazishni, shuningdek, barcha yaradorlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 oktyabr kuni noma’lum uch kishi Eronning Fors viloyatida joylashgan Sheroz shahridagi Choh-Cherax maqbarasida o‘t ochdi. Huquq-tartibot kuchlari ikki jangarini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi, uchinchisini qidirish ishlari davom etmoqda. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qurbonlari soni 15 kishiga yetgan, 40 kishi yaralangan. “Reuters” agentligiga ko‘ra,  hujum uchun javobgarlikni ISHID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Vladimir Putin

Baholaganlar

90

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing