Putin Rahmonga minglab tojikistonliklar Rossiyada ishlayotganini eslatib qo‘ydi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin so‘nggi uch yil ichida birinchi marta amaliy tashrif bilan Tojikistonga keldi. “Rossiya-24” telekanali namoyish etgan kadrlarga ko‘ra, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Rossiya davlati rahbarini samolyot trapi oldida kutib olgan. 

Prezidentlar yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazdi. 

“Rossiya Tojikistonning muhim strategik hamkori va ittifoqchisi bo‘lib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yuqori rivojlanish dinamikasiga ega”, degan Rahmon Putinga yuksak iltifot bilan.

Tojikiston rahbariga ko‘ra, Moskva Dushanbening eng yirik savdo-iqtisodiy hamkori bo‘lib qolmoqda. Joriy yilning besh oyida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 50 foizga o‘sgan.  

“Men siz bilan aloqalarimiz holati va istiqbollarini, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratgan holda xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilishga tayyorman”, degan Tojikiston Prezidenti. 

Vladimir Putin Tojikistonga kelganidan xursandligini ifoda etarkan, Moskva va Dushanbe munosabatlari juda chuqur, ishonchli, ittifoqchi xarakterga ega ekanini qayd etgan. Shuningdek, u asosiy mavzularga o‘tishdan avval, minglab tojikistonliklar Rossiyada ishlayotganini eslatib, shunday dedi:. 

“Bilasizmi, biz Rossiyada ishlayotgan Tojikiston fuqarolari uchun eng qulay rejimni joriy qilganmiz va siz hamisha shaxsiy uchrashuvlarimizda shu masalalarni ko‘tarib kelasiz. Bugun aytish mumkinki, bu insonlar mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qo‘shmoqda va ana shunday insoniy “ko‘prik”, Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigidir”. 

Shundan so‘ng, u Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti doirasida harbiy hamkorlikka to‘xtalib, Afg‘onistondagi vaziyat haqida so‘z ochgan. Afg‘onistondagi barcha etnik guruhlar bilan aloqasi borligini urg‘ulagan.

“KXSHT doirasida ham, ikki tomonlama munosabatlarimiz doirasida ham, so‘zning mintaqaviy ma’nosida xavfsizlik masalalari, albatta, bizning e’tiborimiz markazida bo‘lishi kerak va bo‘ladi. 

Men sizga Rossiya uchun eng katta qiziqish uyg‘otadigan va juda nozik masalalar haqida qisqacha ma’lumot beraman, buni siz yaxshi bilasiz. 

O‘z navbatida, qo‘shni davlatda, Afg‘onistonda munosabatlar qanday rivojlanayotgani haqidagi fikringizni eshitishdan xursand bo‘laman va bu meni qiziqtiradi. 

Bilasizmi, biz bu mamlakatdagi vaziyatni normallashtirish uchun hamma narsani qilyapmiz. Biz vaziyatni nazorat qilayotgan siyosiy kuchlar bilan munosabatlarni o‘rnatishga harakat qilmoqdamiz, lekin Afg‘onistonda vakillik qilayotgan barcha etnik guruhlar, avvalroq aytilganidek, mamlakat boshqaruvida to‘liq ishtirok etishi kerakligidan kelib chiqamiz. Shu nuqtai nazardan biz ishlashda davom etamiz. 

Bu mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar bilan aloqalarimiz bor. Yaqinda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Afg‘onistonning vakillik delegatsiyasi bo‘ldi”, deydi Putin. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Imomali Rahmon

Baholaganlar

1013

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing