Putin Rahmon bilan Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qildi
Olam
−
05 Oktabr 2020
9021Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat, Belarusdagi holat va Afg‘onistonda kelishuv istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
"Do‘stona ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, Tog‘li Qorabog‘ mojaro zonasidagi vaziyat, Belarusdagi vaziyatning rivojlanishi, shuningdek, Afg‘onistonda vaziyatni hal qilish istiqbollari muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Putin Imomali Rahmonni tavallud topgan kuni bilan tabriklagan.
Ma’lumot o‘rnida, Imomali Rahmon bugun, 5 oktyabr kuni 68 yoshni qarshiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilib, uni tavallud kuni bilan qutlagan edi.
LiveBarchasi