Putin prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olindi – Rossiya MSK

Olam

image

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) Vladimir Putinni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oldi.

"Rossiya Federatsiyasi Prezidenti lavozimiga 1952 yilda tug‘ilgan Vladimir Vladimirovich Putin nomzodini 2024 yil 29 yanvar soat 11:23 da ro‘yxatdan o‘tkazing", deyiladi MSK majlisida qabul qilingan qarorda.

Putin nomzodi uchun komissiya tomonidan tasdiqlangan 60 ming imzodan 91 tasi haqiqiy emas deb topilgan. Jami shtab tomonidan 315 ming imzo topshirilgan – bu o‘z-o‘zini ko‘rsatgan nomzod uchun talab qilinadigan maksimal raqam.

"Ilgari nomzod o‘zini qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiya Markaziy saylov komissiyasiga 315 ming imzo topshirgan edi", deyiladi MSK xabarida.

Putin saylovda o‘zini o‘zi ko‘rsatgan nomzod sifatida qatnashmoqda. Shu bilan birga, uni rasman “Yagona Rossiya” partiyasi qo‘llab-quvvatlaydi.

Vladimir Putin beshinchi muddatga prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilishini  8 dekabr kuni ma’lum qilgandi, 18 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarini topshirdi.

Ma’lumot uchun, Rossiyada prezidentlik saylovi 2024 yil 17 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish uch kun –15, 16 va 17 mart kunlari davom etadi.
Ayni paytda davlat rahbari lavozimiga 11 kishi da’vogarlik qilmoqda. Markaziy saylov komissiyasi avvalroq prezidentlikka uchta nomzod – Leonid Slutskiy, Nikolay Xaritonov va Vladislav Davankovni ro‘yxatga olgan edi. Ular parlamentdagi partiyalarning vakillari bo‘lgani uchun saylovda nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tishga ularni qo‘llab-quvvatlash uchun imzo to‘plashga hojat qolmadi.

Parlamentga kirmagan siyosiy partiyalardan nomzodlar – Sergey Malinkovich, Boris Nadejdin, Andrey Bogdanov, Sergey Baburin, Irina Sviridova 31 yanvarga qadar kamida 100 ming imzo to‘plashi kerak. Ulardan Rossiya kommunistlari yetakchisi Malinkovich 29 yanvar kuni Markaziy saylov komissiyasiga imzo varaqalarini topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin saylov MSK nomzod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing