Putin portlashlar ortidan Qora dengiz floti qo‘mondonini imi-jimida ishdan oldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qora dengiz floti qo‘mondoni admiral Igor Osipovni ishdan oldi. Prezident yangi qo‘mondon etib vitse-admiral Viktor Sokolovni tayinladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ishdan bo‘shatilgan Osipov “Dengiz xizmatlari uchun” ordeni sohibi. U uch marta “Harbiy xizmatdagi muvaffaqiyati uchun” medali bilan taqdirlangan va 2019 yildan buyon Qora dengiz flotiga rahbarlik qilgan.

Yangi qo‘mondon Sokolov 59 yoshda. Bungacha u Kol va Primorsk flotiliyalariga qo‘mondonlik qilgan, Suriyada jangovar tajriba orttirgan. 

“Uni tayinlash haqidagi buyruq bosh qo‘mondondan edi. Ommaviy tadbir bo‘lmadi, shaharda terrorchilik xavfining sariq darajasi kiritilgani sababli bo‘lmaydi ham”, deydi nashr manbasi.

Qora dengiz floti rahbarining o‘zgarishi Rossiyaning Qrimdagi asosiy aviabazasida sodir bo‘lgan bir qator portlashlardan keyin sodir bo‘ldi, ularning xavfsizligiga ham flot mas’ul bo‘lgan. Harbiy operatsiya davomida olti oydan kamroq vaqt ichida Rossiya floti 8 ta kemani, shu jumladan 14 aprelda cho‘kib ketgan flagman “Moskva” kreyserini yo‘qotdi. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Qora dengiz floti o‘ziga xos bo‘lmagan mudofaa pozitsiyasini egallagan.

Eslatib o‘tamiz, 16 avgust kuni Qrimning Jankoy tumanidagi Azovskoye qishlog‘idagi harbiy qismda o‘q-dorilar omborida portlash sodir bo‘ldi.

Qrim-tatar xalqi majlisi raisi Refat Chubarovning aytishicha, ruslar portlashlar epitsentridan 5 kilometr radiusdagi hududni o‘rab olgan va tinch aholini evakuatsiya qilgan.

RF Mudofaa vazirligi harbiy qismda o‘q-dorilar saqlanadigan joyda yong‘in sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Va keyinroq Rossiya tomoni sabotaj uyushtirilganini e’lon qildi.

G‘arb OAVda esa Qrimdagi portlashga Ukraina harbiylari uyushtirgan raketa zarbasi sabab bo‘lganini yozdi.

Shuningdek, 9 avgust kuni Qrimda, Novofedorovka aholi punkti hududida bir qator portlashlar sodir bo‘lgandi va Saki aerodromi hududida yong‘in chiqqandi. Portlashlar natijasida kamida 9 ta samolyot yo‘q qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

210

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing