Putin Polsha-Belarus chegarasidagi inqirozga munosabat bildirdi

Olam

image

Yevropa davlatlarining huquq-tartibot idoralari va maxsus xizmatlari migratsiya inqirozi masalasida migrantlar YeIga kirmoqchi bo‘layotgan davlatlar, jumladan Belarus bilan ishlashlari kerak. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ta’kidladi.  

“Agar qonun buzilish holatlari bo‘lsa, bu davlatlarning huquq-tartibot idoralari va maxsus xizmatlari shu guruhlarda ishlasin. Ular migrantlar Yevropaga kirishga urinayotgan davlatlar bilan, jumladan, Belarus bilan hamkorlikda ishlasin, albatta”, degan Putin “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida. 

Polsha xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Belarusda 15 minggacha muhojir bo‘lishi mumkin, ulardan 2-4 ming nafari Polsha chegaralari yaqinida to‘plangan. 

2021 yilda Polsha chegarachilari Polsha-Belarus chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga 33 mingga yaqin urinishning oldini oldi. 

8 noyabr kuni vaziyat keskinlashdi — bir necha ming muhojir chegaraga yaqinlashdi va vaqti-vaqti bilan katta guruhlar bo‘lib to‘siqlarni buzib, Polshaga kirishga harakat qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Pol'sha Belarus'

Baholaganlar

217

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing