Putin Pashinyan va Aliyev bilan Tog‘li Qorabog‘ masalasi bo‘yicha gaplashdi 

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Kreml veb-saytidagi xabarda aytilgan. 

"Tog‘li Qorabog‘ masalasi bo‘yicha 2020 yil 9 noyabr va 2021 yil 11 yanvardagi uch tomonlama bayonotlarda belgilangan kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Hududdagi vaziyat barqaror va tinchligicha qolayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi", deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, Aliyev va Pashinyan Qorabog‘da joylashtirilgan Rossiya tinchlikparvar kuchlarining harakatlarini yuqori baholagan. 

Bundan tashqari, muzokaralar chog‘ida Janubiy Kavkazdagi iqtisodiy va transport aloqalari masalasi muhokama qilingan. 

Ma’lumot o‘rnida, Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat o‘tgan yilning 27 sentyabrida keskinlashdi. 9 noyabr kuni Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari 10 noyabrdan Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘ viloyatiga yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Pashinyan Aliev

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing