Putin Parkinson kasalligiga chalingan – “Express”

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Parkinson kasalligiga chalingan. Bu haqda “Express” nashri iddao qilmoqda

Siyosatshunos Valeriy Soloviyning ta’kidlashicha, Putin bir qator jiddiy xastaliklar, jumladan, saraton va xotira susayishi kabi kasalliklardan aziyat chekadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yetakchisining salomatligi keskin yomonlashmoqda.

“The Sun” nashrining elektron pochtasiga yuborilgan maktubda Rossiya razvedkasining insayderi Putinning sog‘ligi yomonlashganini tasdiqlagan. 

“Men unga Parkinson kasalligining dastlabki bosqich tashxisi qo‘yilganligini tasdiqlay olaman, biroq kasallik allaqachon rivojlanib bormoqda. Bu haqiqat har tomonlama inkor qilinadi va yashiriladi” deyiladi maktubda.

Shuningdek, Vladimir Putinga oshqozon osti bezi saratoni tashxisi ham qo‘yilgani aytilmoqda.

Qayd etilishicha, bu kasalliklar nafaqat katta og‘riq keltiradi, balki Putinning yuzini shishiradi va boshqa nojo‘ya ta’sirlarni ham keltirib chiqaradi. Jumladan, xotira zaiflashadi. 

“General SVR” Telegram kanali ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Prezidenti so‘nggi oylarda 8 kg vazn yo‘qotgan.

“Putin, uning qarindoshlari va shifokorlar ham Prezidentni yo‘tal tutishidan tashvishda. Shuningdek, shifokorlar dori-darmonlar va onkologiya uchun maxsus parhez tufayli Putinning doimiy ko‘ngil aynishi va ishtahaning yo‘qolishidan xavotirga tushmoqda. So‘nggi bir necha oy ichida Putin 8 kilogramm vazn yo‘qotgan. Prezidentning atrofidagilar davom etayotgan doimiy yo‘tal siyosiy elita tomonidan yetakchining sog‘lig‘i tez yomonlashganining belgisi sifatida qabul qilinishidan xavotirda”, deyiladi kanal xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, Parkinson kasalligi, titroq falaj – markaziy nerv tizimining surunkali kasallikdir. Ateroskleroz, ensefalit, jismoniy shikastlanish va boshqa hollarda bosh miyaning po‘stloq osti yadrolari zararlanishidan paydo bo‘ladigan klinik sindrom hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, G‘arb Ommaviy axborot vositalari Vladimir Putin va Rossiyadagi amaldorlarning sog‘lig‘i yomonlashgani borasida yozib turadi. Biroq Rossiya tomoni bu xabarlarning yolg‘onligini aytib keladi. Misol uchun, joriy yilning noyabr oyi o‘rtalarida G‘arb matbuoti Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Indoneziyadagi shifoxonalardan biriga yotqizilgani haqida yozdi. Biroq bu xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

1015

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing