Putin ommaviy emlashni boshlashga ko‘rsatma berdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Hukumat a’zolari bilan yig‘ilishda kelasi haftadan fuqarolarni koronavirusga qarshi keng ko‘lamli emlashdan ommaviy emlashga o‘tishga ko‘rsatma berdi.

“Tegishli infratuzilmani tayyorlashni so‘rayman. Xudoga shukr, vaksinamiz tashish uchun minus 50, minus 70 daraja sovuq kabi qandaydir g‘ayrioddiy sharoitlarni talab qilmaydi. Bizda hammasi oddiyroq va samarali ishlaydi”, degan Putin.

Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova dushanbadan muassasa nisbatan ommaviy emlashga o‘tishga tayyorligini bildirgan. Ammo hududlar bilan yana konsultatsiya o‘tkazish kerak.

“Yanvar oxirigacha 2,1 mln doza vaksina keladi va biz jiddiy ravishda emlash kampaniyasini kengaytirishimiz kerak bo‘ladi”, degan Golikova.

Ma’lumot uchun Putin Rossiya vaksinasini eng samaralilaridan deb baholayapti. Ammo o‘zi hozircha u bilan emlanmadi. Prezident 60 yoshdan kattalarga emlanishga ruxsat berilmaginin sabab qilib ko‘rsatgandi. 

Ma’lum vaqt o‘tgach esa Sog‘liqni saqlash vazirligi 60 yoshdan kattalarga ham vaksina bilan emlanishga ruxsat berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin emlash

Baholaganlar

163

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing