Putin Murtazo Rahimov bilan vidolashuvga bordi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Boshqirdistonning birinchi prezidenti Murtazo Rahimov bilan vidolashdi.  

Ufaga yetib kelgach, davlat rahbari Boshqirdiston davlat konsert zaliga borgan va u yerda vidolashuv marosimi tashkil etilgan. U motam lentasi bilan bog‘langan qizil atirgullar guldastasini maxsus poydevor ustiga qo‘ygan. Keyin Putin ochiq tobut oldiga borgan va bir muddat sukut saqlagan. Nihoyat, Prezident bir necha soniya ta’zim qilib, motam zalini tark etgan. 

Murtazo Rahimov joriy yilning 11 yanvar kuni uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 88 yoshida vafot etdi. U hududni 20 yildan ortiq boshqargan. Dastlab u Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashining raisi, keyin 1993 yil 25 dekabrdan Boshqirdiston prezidenti lavozimida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing