Putin Moskvadagi dronlar hujumi bo‘yicha chiqish qildi (video)

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskvaga bo‘lgan dron hujumini Ukraina uyushtirganini va bu terrorchilik harakati ekanini aytdi. Bu haqda Rossiya rahbarining Matbuot xizmati xabar berdi

Putinning aytishicha, tinch ob’ektlarga hujum Kiyev qanday usullardan foydalanayotganini tasdiqlaydi. Rossiya bunga qat’iy javob berishi mumkin.

“Ukraina deb atalgan hudud boshidanoq (SSSR parchalanganidan keyin) G‘arb yetakchiligidagi odamlar tomonidan nazorat qilingan, ular nafaqat Rossiya bilan kurashish yo‘lini tutgan, balki bu hududda Rossiyaga qarshi kurashni vujudga keltirgan”, deydi Putin.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 may kuni Moskvada dron hujumi sodir bo‘ldi. Moskva meri Sergey Sobyanin hujum oqibatida bir nechta binolar zarar ko‘rganini aytdi. Rossiya Mudofaa vazirligi poytaxt Moskvaga bo‘lgan hujumda Ukrainani aybladi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, hujumda bevosita Kiyev rejimining qo‘li bor. O‘z navbatida Ukraina Prezidenti devonining maslahatchisi Mixail Podolyak mazkur ishga Ukrainaning aloqasi yo‘qligini bildirdi. Bundan tashqari, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Moskvada bo‘lgan dron hujumlariga nisbatan eng qat’iy choralarni ko‘rishga va’da berdi


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Moskva dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing