Putin Moskva va Leningrad harbiy okruglarini tikladi
Olam
−
26 fevral 2024
9909Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporoje va Xerson viloyatlari Janubiy harbiy okrug tarkibiga kirdi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskva va Leningrad harbiy okruglarini qayta tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, Moskva va Leningrad harbiy okruglari NATOning kengayishiga javoban tuzilgan. Leningrad okrugi tarkibiga Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Arxangelsk, Vologda, Kaliningrad, Leningrad, Murmansk, Novgorod va Pskov viloyatlari, Sankt-Peterburg shahri, shuningdek, Nenets avtonom okrugi kirdi.
Moskva viloyatiga Belgorod, Bryansk, Vladimir, Voronej, Ivanovo, Kaluga, Kostroma, Kursk, Lipetsk, Moskva, Nijniy Novgorod, Oryol, Ryazan, Smolensk, Tambov, Tver, Tula va Yaroslavl viloyatlari, shuningdek, Moskva shahri kiradi.
Qayd etish joizki, yangi harbiy okruglarni tashkil etish to‘g‘risida avvalroq bayonot berilgan edi. Putin 2023 yil dekabrida Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi munosabati bilan Rossiya Leningrad harbiy okrugini tuzishga majbur bo‘lganini ma’lum qilgan.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi