Putin Modi bilan qadimiy qarorgohida uchrashdi (video)

Olam

image

Bugun, 8 iyul kuni Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Putin Modi bilan Moskva yaqinidagi Novo-Ogaryovo qarorgohida ko‘rishgan.
 

“Biz ertaga rasmiy uchrashamiz va kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan suhbatlashamiz. Lekin undan oldin norasmiy ko‘rishyapmiz. Hozir uyda bir piyola choy ustida xotirjam gaplashishimiz mumkin. Suhbatimiz jarayonida baribir o‘sha masalalar tilga olinishi tabiiy. Biroq bularning barchasi norasmiy ahamiyatga ega bo‘ladi”, degan Putin Hindiston Bosh vaziriga.

Modi kelishidan oldin Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “muhim, keng ko‘lamli tashrif” kutilayotganini ma’lum qilib, bunda ikki davlat rahbarlari norasmiy muhitda muloqot qilishlari mumkinligini aytgandi. Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov esa brifingda Kreml “bu tashrifga katta ahamiyat berishini” ta’kidlab o‘tgandi.

“Rossiyaga tashrif Hindistonning oxirgi parlament saylovlaridan so‘ng, ketma-ket uchinchi marta Bosh vazir bo‘lgan Modi uchun birinchi xorijiy safar bo‘ladi”, degan edi Ushakov.

Ma’lumot uchun, Hindiston Bosh vaziri Moskvadan keyin 9-10 iyul kunlari Avstriyaga tashrif buyuradi, bu Hindiston hukumati rahbarining so‘nggi 40 yildagi birinchi tashrifi va Modining o‘zi uchun ham birinchi tashrif bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Business Insider” nashri Narendra Modining Rossiyaga borishi rasmiy Vashington Prezident Vladimir Putinni yakkalab qo‘yishga urinayotgan bir paytda sodir bo‘layotgani, bu esa Qo‘shma Shtatlarning g‘azab otiga minishiga olib kelishi mumkinligini yozgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Putin Modi Novo-Ogaryovo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made