Putin Mishustinni lavozimga tayinladi

Olam

image

Avvalroq, bugun, 16 yanvan kuni Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda, Bosh vazirlikka ko‘rsatilgan Mixail Mishustin nomzodi 383 deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlangani haqida xabar bergan edik. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Dumadagi ovoz berish jarayonlari natijalariga ko‘ra, Mixail Mishustinni RF Hukumati raisi lavozimiga tayinlan yuzasidan farmonni imzoladi. Bu haqda rasmiy rasmiy Moskva xabar bermoqda. 

“Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 83-moddasi"a" bandiga binoan Mishustin Mixail Vladimirovichni Rossiya Federatsiyasi Hukumatining raisi etib tayinlayman”, deyiladi hujjatda. 

Ushbu farmon imzolangan kundan kuchga kiradi. 

Eslatib o‘tamiz, 8 yillik Hukumat kecha, 15 yanvar kuni “quladi”. Ayni vaqtda Medvedev Xavfsizlik kengashida ish boshlashi kutilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Mixail Mishustin

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing