Putin Mirziyoyevga Qirg‘izistonga bormoqchiligini aytdi
Olam
−
06 Oktabr 2023
9148Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tez orada Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan MDH sammitida ishtirok etadi, u yerda mavqedoshlari, jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Bu haqda bugun, 6 oktyabr kuni Moskvada o‘tgan Mirziyoyev-Putin uchrashuvida so‘z bordi.
“Tez orada Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan MDH sammitida yana ko‘rishamiz”, deydi Rossiya davlat rahbari Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida.
Putin, Rossiya va O‘zbekiston BMT, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, MDH kabi platformalarda faol hamkorlik qilayotganini urg‘ulagan.
“Biz boshqa juda nozik sohalarda ham o‘zaro aloqadamiz”, degan Putin Mirziyoyevga.
Shundan so‘ng, u bu haqda bu haqda tor doirada batafsil gaplashishni taklif qilgan.
MDH sammiti joriy yilning 13 oktyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bo‘lib o‘tadi. Ammo rasmiy Bishkek Putinning tashrifini 12 oktyabr kuni kutmoqda. Kreml tashrif sanasini belgilagani yo‘q. Japarov Hukumati esa Putinga Kant shahrida (Chuy viloyati) Rossiya aviabazasi ochilganining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etishni taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin O‘zbekiston bilan aloqalarga to‘xtalar ekan, Moskva Toshkentning ishonchli savdo hamkorlari orasida birinchi o‘rinni egallab turganini ta’kidlab o‘tgan edi.
Bundan tashqari, Rossiya oktyabr oyidan O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni boshlashi ham Vladimir Putin tomonidan ma’lum qilingan edi.
LiveBarchasi