Putin Mirziyoyev va boshqalarni Navro‘z bilan tabriklamadi

Bu qiziq

image

Dunyoning ko‘plab yirik mamlakatlari Prezidentlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z bayrami munosabati tabrik maktublarini yo‘llamoqda. Biroq joriy yilda tabriklayotgan davlat rahbarlari orasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin yo‘q. 

Gap shundaki, Vladimir Putin 2022 yilning 21 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qilib, uni va O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqini bahor va yangilanish bayrami – Navro‘z bilan samimiy tabriklab, farovonlik va ravnaq tilagan edi. Joriy yilda esa Putin bu an’anani davom ettirmadi.

Putin nafaqat Mirziyoyevni, balki hech bir mamlakat rahbarini Navro‘z bilan tabriklamadi. 

Shavkat Mirziyoyevga esa AQSH Prezident Jozef Bayden, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili, Iroq Respublikasi Prezidenti Abdullatif Rashid, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husrav Noziriy, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozodadan tabrik maktublari kelgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Navro'z

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing