Putin Mirziyoyev bilan Qoraqalpog‘iston masalasida gaplashib oldi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rgan qat’iy choralarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda uning o‘zi Mirziyoyev bilan telefon orqali suhbatda ma’lum qilgan. 

Ikki davlat Prezidentlari o‘rtasidagi telefon muloqoti bugun, 5 iyul kuni bo‘lib o‘tgan.yu Bu haqda O‘zbekiston rahbari Matbuot xizmati xabar berdi. 

“Suhbat avvalida Rossiya Prezidenti davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilgan qat’iy choralarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘tgan yil noyabr oyida Moskva shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki tomonlama muloqotlar va o‘zaro almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan o‘zaro savdo hajmi 35 foizga oshdi. Yirik investitsiya loyihalari va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, muloqotda mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan, bo‘lajak tadbirlar rejasi, shu jumladan Samarqand shahrida o‘tkaziladigan SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasidagi tadbirlar ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

605

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing