Putin Minskka bordi

Olam

image

Bugun, 19 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Belarusga bordi. Minsk xalqaro aeroportida uni mamlakat hukmdori Aleksandr Lukashenko kutib oldi. 

Lukashenko Putin bilan uchrashuvni ikki davlat hukumatlari Prezidentlar ishtirokisiz ayrim masalalarni hal eta olmasligi bilan izohladi.

Ikki davlat rahbarlari doimiy ravishda, jumladan, shaxsan va telefon orqali muloqotda bo‘lib turibdi. So‘nggi uch yil ichida ularning barcha keng ko‘lamli ikki tomonlama muzokaralari Rossiyada bo‘lib o‘tdi. Prezidentlar boshqa mamlakatlardagi sammitlar o‘tkaziladigan joylarda ham muloqot qildilar. 

Putin 2019 yil iyunidan beri ilk bor Belarusga tashrif buyuradi. Rossiya davlati rahbari avvalgi tashrifi chog‘ida II Yevropa o‘yinlari doirasidagi boks va gimnastika musobaqalarida bo‘lib, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax bilan uchrashdi, sportchilar bilan suhbatlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

132

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing