Putin migrantlarni vatanidayoq Rossiyaga moslashtirish kerakligini aytdi

Olam

image

Mehnat muhojirlarini Rossiyadagi hayot tarziga o‘z vatanidaligida tayyorlashni boshlash kerak. Prezident Vladimir Putin Millatlar bo‘yicha agentlik direktori Igor Barinov bilan uchrashuvda shunday fikr bildirdi.

“Biz potensial muhojirlarning vatanidan boshlashimiz kerak. Bizning hamkasblarimiz bunga rozi, ular qo‘shilishga tayyor. Hech kim qarshi emas, hech kim e’tiroz bildirmaydi. Aksincha, O‘zbekistonda ham, Tojikistonda ham, Qirg‘izistonda ham hamma zavq bilan qiladi”, deydi Putin.

Prezident muhojirlar Rossiya urf-odatlari va an’analarini hurmat qilishlari, qonunlarni bilishlari va ularga rioya qilishlari kerakligini eslatgan. Va u vatanlari, oilasi va do‘stlaridan ajralganidan keyin ularga huquqiy va psixologik yordam kerakligigaga ham qo‘shilgan.

Putin Barinovning Rossiya iqtisodiyotida chet el ishchi kuchiga bo‘lgan talab tufayli ma’lum hududlarda etnik-madaniy landshaft haqiqatda o‘zgarib borayotgani, anklavlar paydo bo‘lish xavfi borligi, etnik jinoyatlar kuchayayotgani va mehnat bozorining ayrim sohalari juda jiddiy bosim ostida ekani haqidagi hisobotiga shunday munosabat bildirdi.

Barinov Putinga hukumat Bosh prokuratura bilan birgalikda migrantlarning fazoviy va ijtimoiy izolatsiyasining oldini olishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishga kirishganini ma’lum qildi.

“Biz bu ishni jamoat va diniy tashkilotlarni jalb qilgan holda kuchaytirish kerak, deb hisoblaymiz”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

400

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing