Putin Mehribon Aliyevani 58 yoshni qarshilagani bilan tabrikladi
Olam
−
26 avgust 2022 23975 2 daqiqa
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon Birinchi vitse-prezidenti Mehribon Aliyevani tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, maktub yo‘lladi. Unda Mehribon Aliyevaning ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi ta’kidlangan. Murojaat matni “AzerTAg” davlat axborot agentligi tomonidan chop etilgan.
"Muhtaram Mehribon Arifovna, tug‘ilgan kuningiz bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz. Siz davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga shaxsan katta hissa qo‘shyapsiz, bu yil ittifoqdoshlik darajasining yangi bosqichiga ko‘tarilmoqda. Ishonchim komilki, ko‘plab sohalardagi konstruktiv ikki tomonlama aloqalar, xalqlarimiz do‘stligi yanada mustahkamlanadi”, deyiladi tabrikda.
Rossiya davlat rahbari Aliyevaga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilagan.
Mehribon Aliyeva 1964 yilda ozarbayjonlik taniqli olim, pedagog, fizika-matematika fanlari doktori, professor Orif Pashayev va Ozarbayjonning birinchi sharqshunoslik fanlari (ayol) doktori, filologiya fanlari doktori, professor Aida Imonguliyeva oilasida dunyoga kelgan.
Ozarbayjon davlat tibbiyot institutining davolash-profilaktika fakultetida tahsil olgan. Keyinroq, Moskva tibbiyot institutida o‘qishni davom ettirdi.
1983 yil o‘sha vaqtda SSSR Ministrlar kengashi raisi o‘rinbosari Haydar Aliyevning o‘g‘li Ilhom Aliyevga turmushga chiqdi. 1988 yildan 1992 yilgacha u Moskva ko‘z kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutida faoliyat yuritdi.
2017 yil fevral oyida u Ozarbayjonning birinchi vitse-prezidenti etib tayinlangan edi.
Shuningdek, u mamlakatdagi eng yirik nodavlat tashkilot – Haydar Aliyev jamg‘armasiga rahbarlik qiladi. 2019 yilda Aliyeva “Rossiya-Ozarbayjon munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” Rossiya Federatsiyasining “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025