Putin MDHdagi nizolarni yechish uchun mexanizm kerakligini aytdi
Olam
−
07 Oktabr 2022
7574Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududidagi ziddiyatlarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish zarur, deb hisoblaydi. Bu haqda u bugun, 7 oktyabr kuni MDH davlatlari rahbarlarining Sankt-Peterburgda o‘tkazilayotgan norasmiy uchrashuvida aytib o‘tdi.
“Biz o‘z davramizda Hamdo‘stlik hududidagi xavfsizlik masalalariga to‘xtalib o‘tamiz. Axir, haqiqatan ham fojiali voqealar ro‘y berayotgan Ukrainadan tashqari, afsuski, ba’zan postsovet hududidagi boshqa yaqin davlatlar o‘rtasida ham mojarolar chiqib turadi. Bu, albatta, ularni hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni talab qiladi”, deydi Putin norasmiy sammitida so‘zlagan nutqida.
Rossiya davlati rahbari terrorizm va ekstremizm, jinoyatchilik, narkotrafik va korrupsiyaga qarshi kurashda ham o‘zaro hamkorlikka ko‘maklashish borasida fikr almashish muhimligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 oktyabr kuni Vladimir Putin 70 yoshni qarshiladi. U yubileyida MDH davlatlari rahbarlarini Sankt-Peterburgda norasmiy uchrashuvga taklif qildi.
LiveBarchasi