Putin MDH sammitiga kelgan Prezidentlarga uzuk sovg‘a qildi

Bu qiziq

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan kecha, 26 dekabr kuni Sankt-Peterburgga norasmiy sammitga yig‘ilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari rahbarlari sovg‘a sifatida Yangi yil tabriklari yozilgan va tashkilot ramzi tushirilgan uzuklarni olgan. Bu haqda Belarusning “Pul Pervogo” Telegram-kanali xabar berdi. 

Jurnalistlar e’tiborini Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenkoning qo‘lidagi noodatiy uzuk tortgan. Aniqlanishicha, “Yangi yilingiz bilan” yozuvi tushirilgan bir xil uzuklarni Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlarning sammitda ishtirok etgan barcha rahbarlar qabul qilib olgan. 

Shuningdek, uzuklarga yil – 2023 yil va sammit o‘tkaziladigan joy – Sankt-Peterburg o‘yib yozilgan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 dekabr kunlari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburgdagi Prezident kutubxonasida Hamdo‘stlikning norasmiy sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali R., Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etmoqda.

Sammit bugun, 27 dekabr kuni ham davom etadi.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

441

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing