Putin MDH razvedka xizmati boshliqlariga qimmatli maslahatlarini berdi

Olam

image

Tashqi xavfsizlik va ichki barqarorlik hozirgi sharoitda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi respublikalari rivojlanishining eng muhim sharti. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin MDH mamlakatlari razvedka xizmatlari rahbarlari bilan videokonferensaloqa orqali o‘tgan uchrashuvda so‘z ochdi. 

“Hozirgi murakkab va keskin xalqaro vaziyatda tashqi xavfsizlik va ichki barqarorlik davlatlarimizning izchil iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining eng muhim shartidir”, deydi u. 

Uning qayd etishicha, mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga chinakam to‘siq qo‘yish uchun Hamdo‘stlik davlatlari aniq va uyg‘un harakat qilib, o‘zaro yordamni doimiy ravishda kuchaytirishi kerak.  

“Mana shu yo‘l bilan biz jahon miqyosida o‘z manfaatlarimizni himoya qila olamiz, g‘arazgo‘ylarni daf qila olamiz”, deya ishonch bildirdi u. 

Uchrashuvni videoaloqa orqali ochar ekan, Putin MDH davlatlari vakillari bilan shaxsan uchrashib, yaqinroq muloqot qilishni kutayotganini aytdi.  

“Ammo, afsuski, sanitariya cheklovlari hamon amalda. Lekin har holda, Moskvada navbatdagi yig‘ilishga yig‘ilgan MDH davlatlari xavfsizlik idoralari va maxsus xizmatlarining barcha rahbarlarini qutlayman. Sizning uchrashuvingiz MDH davlatlari rahbariyatining kollektiv xavfsizlik va strategik sheriklikni mustahkamlash masalalariga doimiy e’tibor qaratayotganining yana bir muhim dalilidir”, deya qo‘shimcha qildi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti. 

Suhbat MDH davlatlari xavfsizlik idoralari va razvedka xizmatlari rahbarlari ertaga, 30 sentyabr kuni Moskvada o‘tkazadigan 18-yig‘ilish arafasida bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Vladimir Putin

Baholaganlar

374

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing