Putin maktabdagi otishma qurbonlarining yaqinlariga hamdardlik bildirdi
Olam
−
11 may 2021
6986Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Qozon shahridagi maktabga uyushtirilgani hujum bo‘yicha ma’lumot berildi. Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov Putinga hisobot bergan.
Rossiya Prezidenti mamlakat Bosh vaziri Mixail Mishustin, uning o‘rinbosari Tatyana Golikova va FVV rahbari Yevgeniy Zinichev bilan muloqot qilgan.
Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Ta’lim vaziri Sergey Kravsov va Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko favqulodda hodisa joyiga jo‘nab yetgan. Putin shuningdek, halok bo‘lganlar va jabrlanganlar oilasiga yordam ko‘rsatishni buyurgan.
Putin hodisa yuzasidan marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Avvalroq, Rossiyaning Qozon shahridagi 175-sonli maktabda ikki nafar yigit portlash va otishma uyushtirgani haqida xabar bergan edik. Rasmiylar hujum natijasida 8 kishi o‘lganini aytmoqda. OAVda esa qurbonlar 11 nafarni tashkil qilishi aytilmoqda.
Otishmani uyushtirgan yigit qo‘lga olingan. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.
LiveBarchasi