Putin maxfiy xonasini ko‘rsatdi

Olam

−

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin “Rossiya 1” telekanali jurnalistlariga o‘z kabinetidagi maxfiy xonani ko‘rsatdi.

Intervyuni suratga olish vaqtida Putin ijodiy guruhni maxfiy xonasiga taklif qildi.

“Ammo ogohlantirib qo‘yay, men u yerda hech nima tayyorlamadim, shuning uchun... ish muhiti”, dedi Putin.

U maxfiy xonada ommaviy uchrashuvlar o‘tkazmasligini, u yerda oshxona va dam olish xonasi borligini aytdi.

Xona devoriga imperator Pyotr I portreti ilingan, ish stoli yonida Putinga bolalar sovg‘a qilgan suratlar va ijodiy ishlar joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

1158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing