Putin Lukashenkoni kimning yaxtasida sayr qildirdi?

Olam

image

Joriy yilning 29 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning norasmiy shakldagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Putin Rossiyada mehmon bo‘lgan Lukashenko bilan 54 metrli “Chayka” yaxtasida uchrashdi. “Dojd” telekanali Putin va Lukashenko Qora dengizda sayr qilgan yaxta haqida ma’lumotlarni to‘pladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘yin-kulgu uchun mukammal joy bo‘lgan quyoshli terrasa hashamatli super yaxtaning toji hisoblanadi. Olti kishiga mo‘ljallangan jakuzi, soyabon va yopiq mehmonxonadan tashqari, yaxtada barbekyu uchun joy, bar va ochiq havoda 14 kishilik ovqatlanadigan joy bor.

Katta ehtimol bilan Putin uchun mo‘ljallangan asosiy kayutada ish kabineti, bar va shaxsiy hammom bor. Bu kemaning eng hayratlanarli xonasi bo‘lib, poldan tortib shiftgacha shaffof oynadan ishlangan.

“Chayka” yaxtasi 2009 yilda suvga tushirlgan, 2011 yilda esa Rossiya hukumati tomonidan sotib olingan. Yaxta Turkiyada qurilgan. Rossiya sotib olgach, kema dastlab “Sirius” deb nomlangan. Kema dizayneri fransiyalik Jan Gi Verje.

BBC ma’lumotiga ko‘ra, Prezident boshqarmasi uni 30 million yevroga sotib olgan. Yaxta uzunligi 54 metr, kengligi 9,5 metr. Kema yonilg‘i to‘la bak bilan 5 ming dengiz miligacha (8 ming kilometrdan ortiq) suza oladi. Kemaning maksimal tezligi soatiga 33 kilometr.

Salonning maydoni 100 kvadrat metr. Kemada SPA-basseyn ham bor. Yaxtada oltita, jumladan, VIP kayuta ham bor. Katta ehtimol bilan Lukashenko shu yerda dam olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Aleksandr Lukashenko yaxta

Baholaganlar

712

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing