Putin Lukashenkoni inauguratsiya bilan tabriklamadi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni inauguratsiya bilan tabriklamadi. Bunga sabab, u Lukashenkoni davlat rahbari lavozimiga saylanganda tabriklab bo‘lgan edi. Bu haqda bugun, 24 sentyabr kuni Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga aytdi

"Rossiya Prezidenti Lukashenkoni saylovdagi g‘alabasi bilan telefon orqali ham, so‘ngra Belarus Prezidentining yaqinda Sochiga bo‘lib o‘tgan tashrifi paytida shaxsan o‘zi ham tabrikladi", dedi Peskov. Unga ko‘ra, inauguratsiya bilan tabriklash "majburiy emas", chunki "tabriklar allaqachon bo‘lgan".

Ma’lumot uchun, kecha, 23 sentyabr kuni 9 avgust kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida 80,10 foiz ovoz bilan g‘olib chiqqan Lukashenkoning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yevropa Ittifoqi esa, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiyasini tan olmadi. 

O‘tkazilgan inauguratsiya marosimidan keyin, mamlakat poytaxti Minsk va boshqa shaharlarda yana norozilik namoyishlari avj oldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing