Putin Lukashenko bilan “Gazprom”ning 30 yilligini nishonlamoqchi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ertaga, 17 fevral kuni Moskvada belaruslik mavqedoshi Aleksandr Lukashenko bilan uchrashadi “Gazprom”ning 30 yilligini nishonlaydi. Bu haqda TASS Kremlga tayanib xabar bergan. 

“Uchrashuvda Rossiya-Belarus strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, shuningdek, Ittifoq davlati doirasida integratsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishning asosiy masalalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan”, deydi Kreml. 

Avvalroq Lukashenko shunday uchrashuv o‘tkazish rejalari haqida gapirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u xavfsizlik, mudofaa, Rossiya Federatsiyasi va Belarus hukumatlari tomonidan iqtisodiy sohadagi ko‘rsatmalarning bajarilishi masalalariga to‘xtalib o‘tishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, shu kuni Putin “Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyati tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirda video havolada ishtirok etadi.

Korxona rahbariyati va uning tarkibiy bo‘linmalari Putinga strategik loyihalar, jumladan, gazlashtirish dasturi, quvurlar tizimi va qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish, ijtimoiy tashabbuslarda ishtirok etish yuzasidan hisobot berishi kutilmoqda. 

Putinning o‘ziga bori taqalishi aytiladigan “Gazprom” OAJ Rossiyadagi yirik gaz ishlab chiqaruvchi kompaniya, Rossiya Federatsiyasining eng muhim xomashyo konsorsiumlaridan biri. Konsernning asosiy faoliyati gaz, gaz kondensati va neftni qidirish, qazib olish, tashish, qayta ishlash, saqlash va sotishdan iborat. Rossiya hukumatining "Gazprom" aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni 1993 yil 17 fevralda imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing