Putin koronavirus pandemiyasining foydali tomonini ma’lum qildi

Olam

image

Koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralarning yopilishi 2020 yil birinchi yarmida Rossiyada giyohvand moddalar kontrabandasini uchdan bir qismga kamaytirishga yordam berdi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin pandemiyaning ijobiy tomonlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda TASS ma’lum qildi.

“Musibat yordam berdi”, degan u Rossiya Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.

Davlat rahbari, shuningdek, gubernatorlar giyohvandlikka qarshi siyosat uchun shaxsan javobgar ekanligini ta’kidladi.

“Vakolatli shaxslar uni nazorat ostida ushlab turishi kerak, shuningdek, xususiy narkoreabilitatsiya markazlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur”, degan Putin.

Rossiya Prezidenti yengil giyohvand moddalarni iste’mol qilishning bezrarligini targ‘ib qilayotganlarni fosh etishni talab qildi. Shuningdek, u OAV, ijtimoiy tarmoqlar va ta’lim muassasalarida giyohvandlikka qarshi zamonaviy axborot siyosatini kengaytirish zarurligini aytdi.

Putinning ta’kidlashicha, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash milliy xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin. U bu yo‘nalishda qat’iyroq harakat qilishga chaqirmoqda.

“Giyohvand moddalar har yili minglab fuqarolarimizni nogiron qilib, o‘ldiryapti”, deya ta’kidlagan Rossiya rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

476

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing