Putin Kimga limuzin sovg‘a qildi (video)

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyandagi sammitda G‘arb bilan raqobat kuchayib borayotgani sababli hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu shartnoma iqtisodiy va harbiy hamkorlikni kengaytirish hamda Vashingtonga qarshi maqsadlarni mustahkamlash maqsadida imzolangan. Uchrashuvda Kim Chen In Moskva va Pxenyanning do‘stligi Sovet davridagidan ham yaqinroq ekanini ta’kidlab, Rossiya hukumati, armiyasi va xalqiga Ukraina suvereniteti, xavfsizlik manfaatlari va hududiy xavfsizligini himoya qilishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va birdamlikka va’da bergan.

Putinning Tashqi ishlar bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Ushakovning Pxenyanda jurnalistlarga aytishicha, muzokaralardan so‘ng ikki yetakchi o‘zaro sovg‘alar almashgan. Putin Kim Chen Inga Rossiyada ishlab chiqarilgan Aurus rusumli limuzin va boshqa sovg‘alar, jumladan choy to‘plami va dengiz zobitining xanjarini sovg‘a qildi. Ushakovga ko‘ra, Kimning Putinga bergan sovg‘alari orasida esa Rossiya rahbari tasvirlangan san’at asarlari ham bor.

Kreml Kim Chen In Putin sharafiga ziyofat uyushtirishi, Rossiya Prezidenti esa 19 iyun kuni kechqurun Vetnamga jo‘nab ketishini ham xabar qilgan.

Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya qurol dasturi tufayli BMT Xavfsizlik Kengashining og‘ir sanksiyalari ostida, Rossiyaga esa Ukrainadagi tajovuzkorligi sababli AQSH va uning g‘arbiy hamkorlari tomonidan sanksiyalar qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Shimoliy Koreyaga yetib borgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Kim Chen In

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made