Putin Kim Chen Inga 24 ta zotdor ot sovg‘a qildi 

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen Inga 24 dona Orlov trotter zotli otini sovg‘a qildi. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, 19 ta ayg‘ir va beshta toychoqdan iborat bu otlar Primorsk o‘lkasidagi quruqlik chegarasini kesib o‘tuvchi temir yo‘l orqali jo‘natilgan va bu Rossiya yetakchisining Kim Chen Inga yuborgan ilk sovg‘asi emas. 2022 yilda ham o‘nlab jonivorlardan iborat partiya Pxenyanga jo‘natilgan.

“Kim Chen In Rossiyadan otlarning yangi partiyasini oldi, bu Shimoliy Koreya rahbari va Prezident Putin o‘rtasidagi yaqinlik kuchayib borayotganining yana bir belgisi bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Rosselxoznadzorning Primorsk bo‘limi otlar partiyasi KXDR hududiga “Xasan” temiryo‘l nazorat punkti orqali o‘tganini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Kim Chen Inga Rossiyada ishlab chiqarilgan Aurus rusumli limuzin sovg‘a qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Putin ot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made