Putin xorijliklarga fuqarolik berish bo‘yicha yangi farmonni imzoladi
Olam
−
04 yanvar
10568Rossiya Prezidenti Vladimir Putin "maxsus harbiy operatsiya" paytida mamlakat Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzgan chet elliklarga fuqarolik berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqdagi hujjat RFning rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.
Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi qonunda qayd etilishicha, endilikda Qurolli kuchlarda harbiy xizmatni o‘tash davrida sog‘lig‘i sababli, yosh chegarasiga yetganida, shartnoma muddati tugashi bilan, shuningdek, harbiy holatning tugatilishi munosabati bilan harbiy xizmatdan bo‘shatilgan chet elliklar ham Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ushbu toifadagi xorijiy fuqarolarning qarindoshlari ham mamlakat fuqaroligiga qabul qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar Rossiya fuqaroligini olish bo‘yicha kuchli o‘nlikka kirgan.
LiveBarchasi