Putin xiyonat va o‘g‘irlikni kechiradimi? 

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin xiyonat va o‘g‘irlikka nisbatan o‘ta shafqatsiz rahbar. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov gapirgan

"Agar xiyonat, o‘g‘irlik haqida gapiradigan bo‘lsak, u bu narsalarga nisbatan qatiqqo‘l, shafqatsiz", degan Peskov. 

Peskovning tushuntirishicha, Putin o‘zi gunoh deb bilgan narsaga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, Putinning o‘zi ham xiyonatni eng yomon gunoh ekanini aytgan

Shuningdek, Peskov, davlat rahbari u yoki bu rezonansli jinoyat ishiga aralashishi yoki ushbu masalani tergovga qoldirishni ma’qul ko‘rishi haqida ham gapirgan. 

"Odatda, unga ba’zi rezonansli masalalar to‘g‘risida xabar beriladi. Lekin uning bu masalaga qanday tarzda aralashishi menga qorong‘u", degan Peskov. 

Qolaversa, u Putinning yaxshi inson ekanligiga ishonch bildirgan. Putin yaxshi insonmi, deya berilgan savolga u bir ovozdan "Ha", deb javob bergan. 

Putin dahshatli jinoyatlarni sodir etishi mumkinmi, degan savolga javoban Peskov shunday degan:

"Agar Putin bunday jinoyatlarni sodir etishi mumkin bo‘lganda, men Prezidentning matbuot kotibi sifatida bir kun ham ishlay olmasdim".


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

220

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing