Putin karantinga olinadi. Tojikiston safari “otmen”

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitlarida onlayn ishtirok etadi. Sababi, u koronavirusdan himoyalanish uchun o‘zini izolyatsiya qilmoqchi. Bu haqda bugun, 14 sentyabr kuni Kreml Matbuot xizmati xabar berdi.

“Vladimir Putin Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali qilgan suhbatida, atrofidagi mulozimlarida koronavirus aniqlangani tufayli ma’lum vaqt davomida o‘zini izolyatsiya qilishi kerakligini aytdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, izolyatsiya Rossiya Prezidentining ish faoliyatiga ta’sir qilmaydi. Ma’lum vaqt u o‘z ishini videokonferensaloqa shaklida davom ettiradi. Xususan, shu hafta Tojikiston poytaxti Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan KXSHTning navbatdagi sessiyasi va SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ham onlayn ishtirok etadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Putinning Dushanbega rasmiy tashrifi ertaga, 15 sentyabrga belgilangan va tashrif yakunida hamkorlik bo‘yicha 20 ta hujjatni imzolash rejalashtirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

965

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing