Putin Qozonga hujum uchun Ukrainaga qat’iy javob qaytarishini aytdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qozonga uyushtirilgan uchuvchisiz samolyot hujumi uchun Ukrainaga javob qaytarish bilan tahdid qildi. Bu haqda u kecha, 22 dekabr kuni videokoferens-aloqa orqali yangi ob’ektlarni ishga tushirish marosimida so‘z ochdi.

“Kimki yurtimizda biror narsani yo‘q qilishga qanchalik urinmasin, buning uchun o‘z mamlakatida bir necha barobar katta halokatga duchor bo‘ladi va mamlakatimizda qilmoqchi bo‘layotgan ishlaridan ham pushaymon bo‘ladi”, degan Prezident.

Shuningdek, Putin Tatariston raisi Rustam Minnixonovga ham murojaat qilib, mintaqa hukumati Qozondagi hujum oqibatida zarar ko‘rgan hamma narsani tiklab olishiga ishonch bildirgan va yordam qilishga va’da bergan.

“Biz olg‘a intilamiz, nafaqat kimdir bizga yetkazmoqchi bo‘lgan zararni tiklaymiz, balki bundan ham katta sur’atlar bilan olg‘a boramiz”, degan Rossiya yetakchisi.

Eslatib o‘tamiz, 21 dekabr kuni Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Qozonga hujum qilgandi. Tatariston rasmiylariga ko‘ra, hujumda sakkiz nafar dron ishtirok etgan. Ulardan oltitasi turarjoy binolari ustiga qulagan. Rossiya Mudofaa vazirligi sakkizta emas, oltita dron borligini va ulardan uchtasi urib tushirilganini da’vo qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Ukraina Qozon Tatariston Rustam Minnixonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing