Putin Qodirovning onasini orden bilan taqdirladi (video)

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ramzan Qodirovning onasini “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi.

Keltirilishicha, bugun, 2 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda davlat mukofotlari va faxriy unvonlarni topshirish marosimini o‘tkazgan.

Ma’lum qilinishicha, mukofotlash to‘g‘risidagi farmon o‘tgan yili imzolangan. Aymani Qodirova faol ijtimoiy faoliyati uchun davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.

“Men Vladimir Putindan onamning xayriya faoliyatini yuqori baholagani uchun minnatdorman va buni qadrlayman”, deya izoh bergan Ramzan Qodirov.

Shuningdek, mukofotlanganlar orasida Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya ishtirokchilari, “Adolatli Rossiya partiyasi” rahbari Sergey Mironov (“Vatan oldidagi xizmatlari uchun”, II darajali), rassom Vladimir Vinokur (“Vatan oldidagi xizmatlari uchun”, I darajali) lar ham bor.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyi boshida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning jiyani Hamzat Qodirovni II darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlagandi. Shuningdek, bundan oldinroq Putin Ramzan Qodirovning rafiqasi Mednini ham mukofotlagan. Unga “Qahramon ona” davlat mukofotini Putinning shaxsan o‘zi topshirgan. Checheniston rahbarining aytishicha, u rafiqasi bilan 14 farzandni tarbiyalamoqda, ulardan ikki nafari asrab olingan. Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, uning katta o‘g‘illari Ukraina bilan urushda qatnashgan. Shuningdek, “Proyekt” nashriga ko‘ra, Checheniston rahbarining yashirin ikkinchi xotini Fotima Xazuyeva ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Ramzan Qodirov orden Aymani Qodirova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing