Putin qiruvchi samolyotlar uni Turkiyaga kuzatib borishini istaydi – OAV
Olam
−
11 Sentabr
11040Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga tashrifida uni o‘z mamlakatining qiruvchi samolyotlari kuzatib qo‘yishini xohlaydi. Bu haqda “Middle East Eye” yozmoqda.
2023 yildan beri Vladimir Putin Turkiyaga bir necha rasmiy tashriflarini keyinga qoldirdi. Rasmiylar ko‘p sabablarni keltirdi. Ayrimlarning aytishicha, Putin Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan beri sobiq Sovet Ittifoqidan tashqaridagi davlatlardan qochib keladi. Boshqalar buni 2024 yilning boshida bo‘lib o‘tgan Rossiya saylovlari bilan bog‘laydi. Biroq, “Middle East Eye” manbalariga tayanib xabar berishicha, doimiy kechikishlarning asosiy sababi Putinning Anqaraga tashrifi uchun ilgari surilgan shartlardir.
“Putin Turkiyaga Rossiya qiruvchi samolyotlari hamrohligida uchishni istaydi, ehtimol Ukrainaning parvoz yo‘nalishi bo‘yicha samolyotlarni urib tushira olishidan xavotirda”, deyiladi xabarda.
Moskvaning Rossiya qiruvchi samolyotlarida uchish va ularni Turkiya tuprog‘iga qo‘ndirish talabi murakkab masala, chunki mamlakatning NATO havo mudofaa tizimlari bunday samolyotlarni dushman nishoni sifatida qabul qilishi mumkin.
“Turkiya Rossiya talabini bajarish uchun havo hujumidan mudofaa tizimlarini yopib qo‘yishi dargumon”, degan manbalardan biri.
Nashrga ko‘ra, tashrif bo‘yicha so‘nggi muloqotlarda Rossiya va Turkiya rasmiylari Putinning joriy yilning oktyabr oyi birinchi haftasida kelishini muhokama qilgan, biroq “maxsus talablar” safarni rejalashtirish va tashkil etishni qiyinlashtiradi. Putin Anqaraga oxirgi marta 2014 yilda tashrif buyurgan edi.
Ismini oshkor etmagan sobiq Turkiya elchisining so‘zlariga ko‘ra, Turkiya ishora sifatida xorijiy davlat rahbarlarini kuzatib borish uchun qiruvchi samolyotlarini yuborishi mumkin. Biroq, u xorijiy davlatlar rahbarlari o‘z mamlakatlarining qiruvchi samolyotlari hamrohligida kelishni xohlagan birorta tashrifini eslay olmaydi. Yana bir manbaning qo‘shimcha qilishicha, bu borada alohida protokol yo‘q.
“Biroq Rossiya talablari faqat qiruvchi samolyotlar bilan cheklanmaydi”, deb yozadi nashr.
Rossiya rasmiylari, shuningdek, Anqaradagi uchta eng yirik mehmonxona majmualari – “Hilton”, “Sheraton” va “JW Marriott” Amerika kompaniyalariga tegishli ekanligidan shikoyat qilmoqda. Manbalarga ko‘ra, Moskva Amerika mehmonxonalar tarmog‘ini Rossiya davlat rahbari uchun xavfli deb hisoblaydi.
“Bu Anqara Putinni qabul qilish uchun hukumat mehmonni uy bilan ta’minlashi ehtimolini oshiradi, bu so‘nggi paytlarda misli ko‘rilmagan juda noodatiy protokol”, deya yozgan nashr.
2023 yili MEE manbalari Putinning xavfsizlik muammolari Anqaraga tashrifini kechiktirishda rol o‘ynagan bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya NATO a’zosi bo‘lgani uchun Rossiya rasmiylari, ayniqsa uning yoki uning atrofidagilar hayotiga suiqasdlar sodir etilishidan xavotirda.
Bir qarashda Rossiyaning mehmonxonalar tarmog‘i haqidagi xavotirlari o‘rinli bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo Putin Turkiyaga bor-yo‘g‘i bir kunga tashrif buyursa, mehmonxonada qolishi shart emas.
Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning oxirgi uchrashuvi 2023 yil 4 sentyabr kuni Sochida bo‘lib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Kreml voizi Dmitriy Peskov Putinning Turkiyaga tashrifi yaqin oylarda amalga oshishini bildirgandi.
LiveBarchasi