Putin Qatar Amiriga Jahon chempionatini o‘tkazishda yordam taklif qildi
Sport
−
13 Oktabr 2022 13177 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston poytaxti Ostonada o‘tkazilayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning navbatdagi sammitida Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashib, unga Jahon chempionati mezbonligida muvaffaqiyatlar tiladi va Moskva o‘z tajribasi bilan bo‘lishishga tayyorligini ta’kidladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
"Biz Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish tajribasini o‘rgatish borasida ham qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz, buni bilasiz, biz hozir siz bilan bu haqda gaplashish imkoniga ega bo‘ldik. Sizga ushbu yirik tadbirni o‘tkazishda muvaffaqiyatlar tilayman. Ishonchim komilki, Jahon chempionati omadli o‘tadi”, degan Putin Ostonada Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuvda.
Qayd etish kerakki, Qatar Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritgan birinchi arab davlati hisoblanadi. Turnir joriy yilning 20 noyabridan 18 dekabriga qadar bo‘lib o‘tadi. Bu vaqt ichida Fors ko‘rfazi sohilidagi, aholisi uch million kishidan oshmaydigan kichik mamlakatga kamida 1,5 million muxlis kelishi kutilmoqda. Rossiya esa 2018 yilda jahon chempionatiga mezbonlik qilgan.
Avvalroq, Qatarning “Hamad” xalqaro aeroporti yo‘lovchilarning katta oqimiga tayyor emasligi, bu esa tashrif buyuruvchilarni xavf ostiga qo‘yishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Live
Barchasi