Putin qamoqqa tashlanadimi? Moskva XJS hukmiga munosabat bildirdi
Olam
−
17 mart 2023
28255Xalqaro jinoiy sudning qarorlari Rossiya uchun hech qanday ma’noga ega emas, hibsga olish mumkin bo‘lgan orderlar qonuniy kuchga ega bo‘lmaydi. Bu haqda bugun, 17 mart kuni Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Telegram’dagi kanalida yozgan.
“Xalqaro jinoiy sud qarorlari mamlakatimiz uchun, jumladan, huquqiy nuqtai nazardan ham hech qanday ma’noga ega emas. Rossiya Xalqaro jinoiy sudning Rim statuti ishtirokchisi emas va unga muvofiq majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaydi. Rossiya bu organ bilan hamkorlik qilmaydi va Xalqaro Sudning hibsga olish haqidagi mumkin bo‘lgan retseptlari biz uchun qonuniy kuchga ega bo‘lmaydi”, deydi Zaxarova.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 17 mart kuni Xalqaro jinoiy sud Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Prezidentning bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan edi. Hujjatda aytilishicha, ular aholini, jumladan, bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishdan iborat harbiy jinoyatlar va ularni Rossiyaga noqonuniy o‘tkazishga aloqador bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada istiqomat qiladigan 7,5 million boladan shu kunga qadar 4,3 millionga yaqini urush tufayli boshqa hududlarga ko‘chishga majbur bo‘lgan. Ulardan 1,8 millioni qo‘shni davlatlarga qochqin sifatida o‘tgan bo‘lsa, yana 2,5 million bola o‘z uyini tashlab ketgan.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr