Putin ilk bor Wildberries’ga hujumlar haqida gapirdi (video)

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi hujumlar oqibatida zarar ko‘rgan logistika va omborlar sig‘imlarini tiklash kerakligini aytdi. Bu haqda u bugun, 19 avgust kuni Strategik rivojlanish va milliy loyihalar kengashi yig‘ilishida so‘z ochdi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, zarar ko‘rgan ob’ektlarni tiklashda davlat ham ishtirok etishi lozim. U, shuningdek, Rossiya hukumatiga mamlakatdagi logistika quvvatlarini tiklash bo‘yicha dastur qabul qilishni topshirgan.

“Bunda zarar ko‘rgan ob’ektlarni sifat jihatidan yangi texnologik darajada tiklash kerak“, degan Putin.

Rossiya Prezidenti Ukrainadagi hujumlar sanoat va infratuzilma ob’ektlariga zarar yetkazayotgani, buning oqibatida Rossiya iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatilayotganini aytgan. Biroq u bunday hujumlar mamlakat uchun jiddiy oqibatlarga olib kelmayotganini ham ta’kidlagan.

“Albatta, bunday hujumlar bizga zarar yetkazmoqda. Bu aniq. Biz buni tushunamiz, ko‘rib turibmiz va bilamiz“, degan u.

Putin nutqida Wildberries kompaniyasini bevosita tilga olmagan. Biroq uning bayonoti iyul oyidan beri Ukrainadagi hujumlarga uchrayotgan Wildberries’ning Rossiyadagi logistika markazlari fonida yangragan. “Reuters“ ma’lumotlariga ko‘ra, iyul o‘rtalaridan beri kompaniyaning yigirmaga yaqin ombori hujumlardan zarar ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq marketpleys omborlariga dronlar hujumidan Wildberries va platforma sotuvchilariga yetkazilgan umumiy zarar 600–800 milliard rublga baholanayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing