Putin Gorbachyovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Mixail Gorbachyovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Prezident Putin Mixail Gorbachyovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Ertalab u oilasi va yaqinlariga hamdardlik telegrammasini jo‘natadi”, deydi Kreml vakili.

Ma’lumot uchun, Gorbachyov 30 avgust kuni 92 yoshida vafot etdi. Markaziy klinik shifoxonada ta’kidlanishicha, u “og‘ir va uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng” vafot etdi.

RIA Novosti manbasining aytishicha, siyosatchi so‘nggi kunlarini “deyarli doim unga palliativ yordam ko‘rsatilgan kasalxonaning palatasida o‘tkazgan”. Yoz boshida Gorbachyov fondi Gorbachyovning buyragi bilan bog‘liq muammolar borligini va bir necha yil davomida gemodializdan o‘tganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

293

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing