Putin G‘arbga qarshi sirli qurol topdi – WSJ

Olam

image

Zamonaviy G‘arbning ma’naviy va siyosiy sarosimaga tushishi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning maxfiy quroliga aylandi. Bu haqda “The Wall Street Journal” jurnalida e’lon qilingan maqolada so‘z boradi.

“Putin G‘arb jamiyatining muammolari ustida o‘ynashga harakat qilmoqda, bu esa oxir-oqibat Amerikaning dunyo tartibini tiz cho‘ktirishi kerak. G‘arbiy tanazzulga pul tikish o‘n yildan ko‘proq vaqt davomida o‘z samarasini berdi”, deyiladi maqolada.

Muallifning fikricha, Rossiya G‘arb bilan iqtisodiy urushda nafaqat omon qolishga, balki raqiblarini mag‘lub etishga ham qodir edi. Xususan, moliyaviy qarama-qarshilik oqibatlaridan cho‘chigan Germaniya mudofaa xarajatlarini oshirish bo‘yicha va’dalaridan bosh torta boshladi, deyiladi maqolada.

“Putin G‘arb o‘zini kuchli deb bilgan iqtisodiyot va siyosat sohalarida katta muvaffaqiyatga erishdi”, deydi Mid.

Uning fikricha, Xitoydan keyin Hindiston va Braziliya kabi dunyo mamlakatlari ham G7 bilan birdamlik o‘rniga Rossiya bilan savdo qilishni ustun ko‘rmoqda.

Muallif G‘arb tizimining uchta zaif jihatni sanagan. U Yevropa va Qo‘shma Shtatlardagi proteksionizmning birinchi tendensiyasiga ishora qilgan, bu esa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun G‘arb tizimining iqtisodiy jozibadorligini pasaytiradi. Ikkinchi muammo – G‘arb siyosatining qadriyatlari. LGBT targ‘iboti kabi G‘arb yetakchilarining qalbiga yaqin bo‘lgan ko‘plab qadriyatlar butun dunyo bo‘ylab milliardlab odamlarni g‘azablantiradi va xafa qiladi. Uchinchi zaiflik liberal G‘arb ichidagi bo‘linishlarga asoslanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

1461

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing